Mualliflarga
TAQDIM ETILADIGAN MAQOLALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
1. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida yozilgan bo‘lishi zarur.
2. Maqola qaysi tilda yozilishidan qat’iy nazar unda ingliz tilida mavzu, qisqa annotatsiya, tayanch so‘z va iboralar (kalit so‘zlar) bo‘lishi shart. Maqolalar ilmiy jurnal yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim
3. Maqola jurnal tahririyatiga “Microft Word” dasturida ( “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, satrlar orasi 1,15 intervalda) terilgan holda elektron variantida topshiriladi.
4. Maqolaning umumiy hajmi (rasm, jadval va diagrammalar bilan birgalikda) 5 sahifadan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
5. Muallifning familiyasi, ismi-sharifi, ish joyi, lavozimi, manzili (uy va xizmat telefon raqamlari, elektron pochta) ko‘rsatiladi.
6. Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan bo‘lsa, ular aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Formulalar matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.
7. Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyotlar maqola oxirida asosiy matndagi ketma-ketligi asosida umumiy ro‘yxatda ko‘rsatililishi zarur. Bu o‘rinda kitob, to‘plam, monografiyalar uchun mualliflarning ism-familiyalari, manbaning to‘liq nomi, nashr ko‘rsatkichi (shahar, nashr yili) ko‘rsatiladi. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa nomeri ko‘rsatiladi.
8. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e’tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi.
9. Ijobiy taqriz berilgan maqola tahririyat tomonida qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
Maqolalar belgilangan muddatda (Abdullayev Ravshanjon) +99891-152-93-14 telegramm raqamiga yuboriladi. Qabul qilingan materiallar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va xulosaga ko‘ra nashr uchun jurnalga kiritiladi. Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar mas’uldir. Taqdim etilgan maqola qabul
qilingandan soʻng, bitta maqola uchun 150 000 soʻm toʻlov olinadi.






