VITAMINLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI
Аннотация
Vitaminlar organizmlar uchun zarur boʻlgan, nisbatan oz miqdorda uchraydigan kimyoviy birikmalardir. Bu moddalar koʻpincha odam va hayvonlar organizmiga ovqat bilan kiradi, baʼzilari esa organizmning oʻzida sintezlanadi. Ular organizmning oʻsishiga, moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatib, organizmning turli fiziologik jarayonlarida ishtirok etadi. Vitaminlarning asosiy manbai oʻsimliklar hisoblanadi, ularga vitaminlar yoki organizmda vitaminlarga aylanuvchi moddalar, yaʼni provitaminlar sintezlanadi. Vitaminlar organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi va oziq moddalar oʻzlashtirilishiga taʼsir koʻrsatadi.
Библиографические ссылки
.A. Sobirova, O.A. Abrorov, EX. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik kimyo». «Yangi asr avlodi», 2006 yil
Nuritdinov E, “ Odam fiziologiyasi”, Darslik- T: “ Aloqachi”, 2005 yil
O. Mavlonov, T. Tilavov, B. Aminov, “Odam va uning salomatligi” 8-sinf darslik, “Toshkent”, 2019 yil






