TA’LIM MUASSASALARIDA KASBGA YO’NALTIRISHNING DOLZARBLIGI
Аннотация
Hozirgi vaqtda mamlakatda va jahonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda o'zgarishlar kuzatilmoqda va shunga mos ravishda mehnat bozori ham o'zgarib bormoqda. Kadrlarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga talablarning ortishi yoshlarni kasbiy yo'naltirish muammolarini dolzarblashtirmoqda. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirish ishlariga yetarlicha e’tibor berilmayapti, kadrlar tarkibida ijtimoiy-pedagogik ishning ushbu jabhasiga mas’ul bo‘ladigan mutaxassislar yo‘q. Bugungi kunda ta’lim muassasalariga bunday mutaxassislarni joriy etish masalasini keskin qo‘yish zarurati paydo bo‘lmoqda. Yosh avlod bilan kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish bolalikdan boshlanishi kerak.






