ANG‘IZDA YETISHTIRILGAN LOVIYANING HOSILDORLIGI VA DON TARKIBIDAGI OQSIL MIQDORIGA MINERAL O‘G‘ITLAR HAMDA BAKTERIAL PREPARATNING TA’SIRI

Авторы

  • Munira Kubayeva Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi

Ключевые слова:

loviya, ang‘iz, hosildorlik, oqsil, mineral o‘g‘it, BiNitro, azot, fosfor, kaliy, sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproq.

Аннотация

Tadqiqotda Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy ang‘iziga ekilgan loviyaning hosildorligi va don tarkibidagi oqsil miqdoriga mineral o‘g‘itlar hamda BiNitro bakterial preparatining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar 2022–2024-yillarda olib borilib, 13 ta varianti baholangan. Eng yuqori o‘rtacha don hosildorligi P90K90+N30 variantida 27,3 s/ga, P60K60+N30+BiNitro variantida 27,1 s/ga qayd etilgan. Don tarkibidagi oqsil miqdori 26,31–28,56% oralig‘ida bo‘lgan. Eng yuqori oqsil miqdori P90K90+N30+BiNitro variantida 28,56% ni tashkil etgan. Oqsil chiqimi 6,22–7,67 s/ga oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich 7,67 s/ga ga teng bo‘lgan. Mineral va bakterial o‘g‘itlarni maqbul uyg‘unlashtirish loviya hosildorligi hamda don sifatini oshirish imkonini bergan.

Загрузки

Опубликован

2026-08-19

Как цитировать

Kubayeva, M. (2026). ANG‘IZDA YETISHTIRILGAN LOVIYANING HOSILDORLIGI VA DON TARKIBIDAGI OQSIL MIQDORIGA MINERAL O‘G‘ITLAR HAMDA BAKTERIAL PREPARATNING TA’SIRI. Talqin Va Tadqiqotlar. извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/3220