BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI ONA TILI DARSLARIDA KONSEPTUAL JADVAL VA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI
Ключевые слова:
didaktik shart-sharoit, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, ona tili ta’limi, konseptual jadval, grafik organayzer, ko‘nikmalarni shakllantirish, differensial yondashuv, refleksiv faoliyat.Аннотация
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili darslarida konseptual jadval va grafik organayzerlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari asoslab berilgan. Tadqiqot maqsadi — mazkur ko‘nikmalar shakllanishini ta’minlovchi didaktik shart-sharoitlarni aniqlash, tizimlashtirish va ularning pedagogik funksiyalarini ochib berish. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Natijada sakkizta didaktik shart-sharoit ajratilib, ularning har biri ko‘nikma shakllanganlik mezonlari — kognitiv-motivatsion, axborotlilik, amaliy-faoliyatli, ijodiy va refleksiv mezonlar bilan bog‘lab izohlangan. Natijalar ona tili o‘qitish metodikasi fanini o‘qitishda va pedagogik amaliyot mazmunini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.






