SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINING ALGORITMIK FIKRLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Ключевые слова:
sun’iy intellekt, algoritmik fikrlash, informatika, kompetensiya, bo‘lajak o‘qituvchi, dasturlash, adaptiv ta’lim, raqamli texnologiyalar, algoritm, pedagogik metodika.Аннотация
Ushbu tezisda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining algoritmik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida algoritmik fikrlash informatika fanini samarali o‘zlashtirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, masalani bosqichma-bosqich yechish, dasturlash va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt vositalari yordamida individual ta’lim topshiriqlarini shakllantirish, algoritmlarni tahlil qilish, xatolarni aniqlash va talabalarga tezkor teskari aloqa berish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining algoritmik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takomillashtirilgan metodik yondashuv taklif etilgan.






