SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI TUPROQ SHAROITIDA KO‘CHAT QALINLIGINING KUNGABOQAR (HELIANTHUS ANNUUS L.) NAV VA DURAGAYLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI HAMDA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
Ключевые слова:
Helianthus annuus L., kungaboqar, nav, duragay, ko‘chat qalinligi, ekish sxemasi, morfologik belgilar, hosildorlik, sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproq.Аннотация
Maqolada sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproq sharoitida kungaboqarning nav hamda duragaylarida turli ko‘chat qalinliklarining o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida ko‘chat qalinligining ortishi o‘simliklarning morfologik ko‘rsatkichlari va don hosildorligiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. 60×25 sm ekish sxemasida o‘simliklar bo‘yi 173,9–185,5 sm ni tashkil etdi hamda gektar hisobidagi hosildorlik barcha navlarda yuqori bo‘ldi. Eng yuqori hosildorlik Kapitoll navida – 31,7 s/ga, Bellus navida – 30,5 s/ga, Pirelli duragayida esa 29,3 s/ga qayd etildi.
Загрузки
Опубликован
2026-08-11
Как цитировать
Mo‘minov, A. (2026). SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI TUPROQ SHAROITIDA KO‘CHAT QALINLIGINING KUNGABOQAR (HELIANTHUS ANNUUS L.) NAV VA DURAGAYLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI HAMDA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. Talqin Va Tadqiqotlar. извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/3193






