PIRIMQUL QODIROVNING “ONA LOCHIN VIDOSI” ROMANIDA KONFLIKT TURLARI

Авторы

  • Gulola Xaydarova

Ключевые слова:

syujet, badiiy obraz, konflikt, tarixiy shaxs, realism, ruhiy tahlil.

Аннотация

Pirimqul Qodirovning tarixiy mavzudagi romanlaridan biri “Ona lochin vidosi” yozuvchi ijodida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu roman boshqa tarixiy romanlaridan farqli o‘laroq mustaqillik yillarida yozilgan. Lekin asar kitobxonlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar tomonidan turli qarashlar asosida tahlillarga sabab bo‘ldi. Chunki romanning bosh qahramoni Gavharshod begim siymosi tarixiy va badiiy adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Buning asosiy sabablardan biri Gavharshod begimning umri davomida turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar qurshovida yashaganidir. Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” romanida bosh qahramon Gavharshod begimning konfliktga to‘la hayoti muallif tomonidan zo‘r mahorat bilan to‘laqonli yoritilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-07-29

Как цитировать

Xaydarova , G. (2026). PIRIMQUL QODIROVNING “ONA LOCHIN VIDOSI” ROMANIDA KONFLIKT TURLARI. Talqin Va Tadqiqotlar. извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/3177