KARTOSHKA SANTE NAVI MINITUGANAKLARINI TURLI EKISH SXEMALARIDA YETISHTIRISHDA OʻSIMLIK BOʻYI, BARGLANGANLIGI VA HOSILDORLIGINING OʻZARO BOGʻLIQLIGI

Авторы

  • Xayitmurod Sayfidinov

Ключевые слова:

kartoshka, Sante navi, minituganak, ekish sxemasi, oʻsimlik boʻyi, barg soni, hosildorlik, biometrik koʻrsatkichlar.

Аннотация

Ushbu maqolada kartoshkaning Sante navi turli vaznli minituganaklarini har xil 70×16, 70×18 va 70×20 sm ekish sxemalarida ekib oʻstirishda oʻsimlik boʻyi, bir tupdagi barg soni va hosildorlik koʻrsatkichlarining shakllanishi tahlil qilingan. Natijalarga koʻra, minituganak vazni ortishi bilan oʻsimliklarning biometrik koʻrsatkichlari ortib borgan. Bir tup oʻsimlik boʻyi va barg soni boʻyicha eng yuqori natijalar 21–30 g vaznli minituganaklarni 70×20 sm sxemada ekib parvarishlanganda kuzatilgan. Biroq gektar hisobida eng yuqori hosildorlik 21–30 g vaznli minituganaklarni 70×18 sm sxemada ekish variantida qayd etilib, oʻrtacha 35,1 t/ga ni tashkil etgan.

Загрузки

Опубликован

2026-07-18

Как цитировать

Sayfidinov, X. (2026). KARTOSHKA SANTE NAVI MINITUGANAKLARINI TURLI EKISH SXEMALARIDA YETISHTIRISHDA OʻSIMLIK BOʻYI, BARGLANGANLIGI VA HOSILDORLIGINING OʻZARO BOGʻLIQLIGI. Talqin Va Tadqiqotlar. извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/3172