XASHAKI LAVLAGI BARG SATHINING SHAKLLANISHIDA EKISH MUDDATI VA QOʻSHIMCHA OZIQLANTIRISHNING AHAMIYATI
Ключевые слова:
xashaki lavlagi, ekish muddati, Oʻzbekiston 83, biostimuliyator, Mister power, Bio Enerji, Ento Gumin, Gumiy Miks, Kaliy Gumat, barg sathi.Аннотация
Maqolada Samarqand viloyati sugʻoriladigan yerlarda har xil:-10-mart, 20-mart va 1-aprel muddatlarida ekilib, oʻsuv davri davomida 4-5 juft barg paydo boʻlish fazasidan boshlab qoʻshimcha ozuqa sifatida (Mister power, Bio Enerji, Ento Gumin, Gumiy Miks va Kaliy Gumat) biostimuliyatorlarni qoʻllab xashaki lavlagining Oʻzbekiston 83 navining barg sathining shakllanish dinamikasi ma’lumotlari keltirildi. Ekish muddati 10-martdan 20-martga oʻzgarishi bilan navga bog‘liq holda oʻsimlikning maydon birligidagi barg sathining ortishi kuzatilgan boʻlsa, 1-aprelga oʻzgarishi bilan ushbu koʻrsatkich 10 va 20-mart muddatlariga nisbatan pasayishi kuzatildi. O‘rganilgan barcha ekish muddatlarida qoʻllanilgan biostimuliyatorlarning xashaki lavlagi barg sathining shakllanishiga ta’siri ijobiy boʻldi. Eng yuqori ta’sir Mister power qoʻllanilganda aniqlangan boʻlsa, eng kam ta’sir Kaliy Gumat biostimuliyatori qoʻllanilganda qayd etildi.
Библиографические ссылки
H.N.Atabayeva, Z.K. Yuldasheva, A.M. Islamov Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari // Toshkent «Yangi asr avlodi» 2008. B. 128-130.
R.Oripov, N.X.Xalilov O‘simlikshunoslik // Toshkent – 2006 B. 294-296
Ch.Yadgorova Yem-hashak o'simliklarning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati // “PEDAGOGS” international research journal February – 2023 B. 130-131






