G‘O‘ZANING BIOTIK VA ABIOTIK OMILLARIGA BARDOSHLIGINI NAVLARINI BAHOLASH
Ключевые слова:
past nisbiy namlik, garmsel, past musbat harorat, o‘ta yuqori harorat, g‘o‘za, nav, tizma, turlararo duragaylash, adaptatsiya, gammoz, qora ildiz chirish, begona o‘tlar, hashoratlar, shudgorlash, suv tanqisligi.Аннотация
Ushbu maqolada g‘o‘zaning biotik va abiotik omillarga bardoshli navlarini baxolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar keltirilgan. Yangi navlarning kassaliklardan zarar ko‘rish darajasini aniqlash ko‘chatzorida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra seleksiya ko‘chatzorlarida gammozdan zarar ko‘rmagan ingichka tolali cheklangan va yoyma shaklli duragaylar bo‘lib, bularda gammozning urug‘palla barg va chin barg shakllari (belgilari) paydo bo‘lganligi, lekin zararlanishi 1-2% atrofida bo‘lganligi qayd etildi. Bu duragaylarning hosildorligi yuqori, ko‘saklar soni 18-22 dona, ko‘sak vazni 2.1-3.8 gr, ni tashkil etdi, tola qimatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha tanlab olingan namunalar ustida yakka va oilaviy tanlov o‘tkazildi. Tanlangan shakllar ko‘pchiligining barglari kichik bo‘lganidan g‘ovlamasligi, shoxlanishi 1.0-2.0 tipda, issiqqa o‘ta bardoshli, lekin andoza Surxon-14 naviga nisbatan kechpishar, haroratga talabi yuqori ekanligi xam aniqlandi.
Библиографические ссылки
Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Toshkent-2007 y.
S.A.Raxmonqulov, A.B.Danabayev, X.X.Jalolov, X.Dadaxo‘jaev- “tabiiy garmselga bardoshli g‘o‘za navlarini tanlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” “Navroz”. Toshkent-2015 y. 32 b
S.A.Raxmonqulov, A.B.Danabayev, X.Jalolov, X.Dadaxo‘jayev- Garmselni g‘o‘zaning qimmatli xo‘jalik belgilariga salbiy ta’siri va uni bartaraf etish choralari. “O‘zbekiston paxtachiligini rivojlantirish istiqbollari” nomli Respublika ilmiy to‘plami, Toshkent-2014 y. 213-b.
A.B.Danabayev, N.N. Abduraximov Ingichka tolali g‘o‘za yangi navlarining o‘sishi, rivojlanishi va xosil to‘plashi. JOURNAL of UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 4.9/2023
A.B.Danabayev, Sh.Xofizov, X.J.Bobayarov. INGICHKA TOLALI G`O`ZADA GAMMOZ KASALINING PAYDO BO’LISHI VA UNDAY HIMOYALASH.






