LINGVOPOETIKANING UMUMTILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOPOETIK TADQIQOTLAR
Ключевые слова:
Poetika, kontseptsiya, lingvistika, poeziya, estetik-stilistik, ingvopoetika, adabiyotshunoslik, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, filologiya, fonetika, morfemika, konnotativ, matn lingvistika, poetik nutq, aspect, lingvistik aspekt, intertekstuallik mexanizm, individual uslub, tadqiqotlar yaratilgan, ekspressiv vazifasi”, tilning poetik vazifasi, tilning badiiy vazifasi, tilning estetik vazifasi, formal-grammatik bo‘linish.Аннотация
Ushbu maqolada poetika atamasining lug‘aviy ma’nosini, muzmunini ifodalashga harakat qildik, uning adabiyotshunoslikka qanchalik aloqador bo‘lsa, tilshunoslikka ham shunchalik aloqadorligini izohladik. Shuningdek, lingvopoetika fanining vujudga kelishi uning jahon va umumturkiy tilshunoslikda o‘rganilishiga oid ma’lumotlar aks etgan. Lingvopoetika fani filologik fanlarni tutashtiruvchi ilm ekanligi, M.Yo‘ldoshev tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘zbek lingvopoetikasini yana bir bosqich yuqoriga ko‘targanligi va bu sohaga oid qilingan ishlar va qilinayotgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berishga harakat qildik.
Badiiy asar tilini o‘rganish keng qamrovli jarayon ekanligi, nafaqat adabiyotshunoslikka bog‘liq badiiy g‘oya, fikr, umumiy obrazlilik, individuallik, badiiy mahorat, shuningdek, tilshunoslikka oid semiotika, konnotatsiya, pragmatika kabi tushunchalarni umumlashtirishi, kognitiv fan sohalari bilan ham bog‘lanib, o‘zining tahlil doirasini bilish, tushunish, idrok etish, tahlil qilish, lisoniy tafakkur, lisoniy ong, lisoniy faoliyat, lisoniy shaxsiyat kabi tushunchalar bilan ham kengaytirib borishi, Ishga mana shu tarzda kompleks tarzda yondashish lingvopoetika uchun kutilgan natijalarni berashi haqida bahs yuritdik.
Библиографические ссылки
Петровский Ф.А. Аристотелнинг поэтик санъат ҳақидаги асари. Бу ҳақда қаранг: Аристотель. Поэтика. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1980. – Б. 78.
Жирмунский В.М. Теория литературы. Поэтика. Стилистика. – Ленинград: Наука, 1977. – С. 15.
Жирмунский В.М. Ўша асар. – Б. 28-33.
Бу ҳақда қаранг: Хованская З.И. Анализ литературного произведения в современной французской
филологии. – Москва: Высшая школа, 1980, – C. 99.
Виноградов В.В. Проблемы русской стилистики. – Москва: Высшая школа, 1981, – C. 169.
Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – Б. 21.
Турдалиева Д. Ўзбек халқ мақолларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фан. бўйича
фалсафа д-ри.(PhD) дисс. – Қарши, 2019. – Б.10.
Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент, 2008. – Б. 9.
Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти,1979;
Қўнғуров Р. Ўзбек тили стилистикасидан очерклар. – Самарқанд, 1975. Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. – Тошкент: Фан, 1975.
Ҳасанов А.А. А.Қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик-стилистик воситалар: Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2010. – Б. 8.






