BLASTOCYSTIS SPP BILAN KASALLANISH, KASALLIK BELGILARI VA SAMARALI DAVOLASH METODLARI
Ключевые слова:
Blastocystis spp, og’riq, diareya, OIT, meteorizm, metronidazol, antiprotozoal, amyobasimon, koprologik tekshiruv.Аннотация
Blastocystis blastotsistoz kasalligini keltirib chiqaradi. Blastotsistoz- oshqozon-ichak traktining eng keng tarqalgan va shu bilan birga kam o'rganilgan parazitar kasalliklaridan biridir. Olimlarning fikrlariga ko'ra, sayyoramizda 1 mlrd ga yaqin odam ushbu qo'zg'atuvchi bilan kasallangan va tashuvchisi hisoblanadi. Yuqumli va parazitar kasalliklar oshqozon-ichak trakti kasalliklarini rivojlanishida ishtirok etuvchi etakchi omillardan biri bo'lib qolmoqda. So'nggi paytlarda blastocystis invaziyasiga uning keng tarqalganligi va irritabiy ichak sindromi rivojlanishiga olib kelishi tufayli alohida e'tibor qaratilmoqda. Bir necha laboratoriya diagnostikasi natijalari tahlil qilinganda blastocystislar aniqlangan bemorlarning 50% i parazit protozoaning belgilarini sezmagan. Shuningdek, adabiyotlarda blastocystis spp ga yuzaki qarab bo’lmasligi, balki chuqur izlanishni hamda aniq natijalarni amaliyotga tadbiq qilish zarurligi, lekin ko’pchilik mamlakatlarda bu to’g’ri yo’lga qo’yilmagani ta’kidlanadi. Yosh (nisbatan ma’lumotlar kam) organizm bo’lganligi uchun adabiyotlarda to’liq yoritilmaganligi yoki umuman yo’qligi, rivojlanish bosqichlaridagi turli xil ko’rinishlarini boshqa parazitlar bilan farqlab olishning murakkabligi ilmiy izlanuvchilarga murakkablik tug’dirmoqda. Shuning uchun ham bu mavzu bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Библиографические ссылки
Stensvold C. R. et al. Terminology for Blastocystis subtypes-a consensus // Trends in parasitology. — 2007. — Т. 23. — №. 3. — С. 93-96.
Tan K. S. W. New insights on classification, identification, and clinical relevance of Blastocystis spp // Clinical Microbiology Reviews. — 2008. — Т. 21. — №.4. — С. 639-665.
Соломай Т. В. Бластоцистоз человека: от механизмов взаимодействия паразита с организмом хозяина к клиническим проявлениям // Санитарный врач. — 2018. — № 4. — С. 35-42.
Сигидаев А. С., Захаренко С. М., Гудков Р. В., Козлов К. В. и др. Экспериментальное обоснование этиотропной терапии и методов диагностики бластоцистной инвазии // Инфекционные болезни. 2018. — Т. 8. — № 4. — С. 5-10.
https://vitauct.ru/blog/stati-o-zdorovie/blastocisty/
Xudoyarova G.N. Musayev Muhammadjon. Blastocystislarni mikrobiologik tekshirishlar asosida o’rganish natijalar // «Yosh olimlar» ilmiy-amaliy konferensiyasi -2024.-с.32-34.
ХудояроваГ.Н., Мусаев Мухаммаджон. ЛИТЕРАТУРНОЕ ДИФФЕРЕНЦРОВАНИЕ БЛАСТОЦИСТОЗА // Международный научный журнал «Научный Фокус»-Апреля,2024 No 12 (100), часть1.






