“KITOBU-T-TAFHIM” ASARI BO‘YICHA O‘ZBEK OLIMLARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN NASHR VA TADQIQOTLAR TAHLILI
Аннотация
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048) o‘rta asrning eng buyuk olimlaridan biri hisoblanadi. U qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Xususan, “Kitobu-t-tafhim” uning eng yirik asarlaridan biri boʻlib, ensiklopedik xarakterga egadir. Asarda matematika, astronomiya, geografiya, tarix, xronologiyaning umumiy masalalari va ularning munajjimlik sanʼati (astrologiya) ga tatbiqi bayon qilingan. Asarni odatda “Tafhim”, “Astronomiya” va ”Astrologiya” nomlari bilan atalib kelinadi. Jahon olimlari ham, oʻzbek olimlari ham mazkur asar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va natijada koʻplab asarlar, dissertatsiyalar, turli darajadagi ilmiy ishlar vujudga keldi. Lekin bu ilmiy ishlarda ba'zi oʻrinlarda chalkashlikka yoʻl qoʻyilganiga duch kelish mumkin. Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniyning “Kitobu-t-tafhim” asari boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.






