ALISHER NAVOI’S IMAGE OF A WISE KING IN THE STORY “ARDASHER” FROM THE EPIC “SADDI ISKANDARII”
Ключевые слова:
Ardasher, Ardavon, jang hiylasi, sotqin, “Saddi Iskandariy”.Аннотация
Jahon adabiyotshunosligida adabiy janrlar bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarning yuzaga kelishi badiiy asarlarni yanada teranroq anglashga xizmat qiladi. Xususan, mumtoz o‘zbek adabiyotining yetakchi janrlaridan bo‘lmish hikoyatni o‘rganish jarayonida uning irfoniy adabiyot rivojiga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlash, bu mo‘jaz va mashhur janrning mazmun-mundarijasi, ko‘lamini belgilash, rang-barang kompozision qurilishi, dostonlarda tutgan o‘rnini o‘rganish hamda adibning poetik niyatini ifodalashdagi mavqeini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo adabiyotshunosligida Alisher Navoiy dostonlarinining mazmuni va poetik xususiyatlariga doir izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, “Lison-ut tayr” dostonidagi hikoyatlarning mazmun-mundarijasi, uslubi, poetik jihatlari muayyan darajada o‘rganildi. Adabiyotshunoslikning asosiy qonuniyatlari va yetakchi tamoyillari asosida Alisher Navoiyning diniy, irfoniy, umumbashariy qarashlarini o‘zida aks ettirgan “Saddi Iskandariy” dostonidagi hikoyatlarning genezisi, mazmun-mundarijasi, kompozision qurilishini monografik ravishda o‘rganish navoiyshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar adabiyot ravnaqiga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. So‘z san’atini turli aspektda o‘rganib, ular asosida adabiyot namunalarining inson kamolotiga ko‘rsatadigan ta’sir qirralarini ilmiy jihatdan tadqiq etish borasida keng qamrovli imkoniyatlar yuzaga keldi. Zero, “…yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish… jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi”.[1] Shu nuqtai nazardan mutafakkir shoir Alisher Navoiyning Sharq so‘z san’atining badiiy yuksak namunalaridan biri bo‘lgan, ezgulik va ma’rifat g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan “Saddi Iskandariy” dostonidagi hikoyatlarni kompleks tarzda tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Библиографические ссылки
Hamidova M. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining ilmiy-tanqidiy matni va matniy tadqiqi. –T.: 1994.
Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017-yil, 4-avgust.
G‘anixo‘jayeva N. Alisher Navoiy – hikoyanavis (“Xamsa” materiallari asosida). Nomz.diss. –T.: 1967; G‘anixo‘jayeva N. Xamsa” hikoyatlari. –T.: Fan, 1986; G‘anixo‘jayeva N. “Xamsa”dagi ayrim hikoyatlar haqida// Alisher Navoiy “Xamsa”si. Ilmiy to‘plam. –T.: Fan, 1986.
Nazarov M. Alisher Navoiy ijodida xalqchillik masalasi. Nomz.diss. –T.: 1979.






